Chery 2023 yilda o‘ndan ortiq mukofotni qo‘lga kiritdi 

Biznes

image

“Chery Automobile” o‘zining 26 yillik faoliyati davomida doimiy ravishda “texnologiyaga asoslangan” rivojlanish falsafasiga amal qildi, uning rivojlanishidan maqsad “global raqobatbardoshlikka ega jahon darajasidagi korxona yaratish”. Ushbu majburiyat tufayli Chery doimiy ravishda mukofotlarni qo‘lga kiritib, bozorda nufuz va muvaffaqiyat qozonmoqda. 2023-yilga e’tibor qaratsak, Chery uzluksiz texnologik innovatsiyalar va mahsulotlarni har tomonlama yangilash orqali xalqaro bozorda o‘ndan ortiq mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu mukofotlarning har biri Chery'ning jahon bozorida tan olinishini anglatadi va uning doimiy xalqaro ta’siriga isboti bo‘lib xizmat qiladi.

Brend yuksalishi: Chery'ning ta’siri o‘sishda davom etmoqda

2023 yil avgust oyida Chery avtomobillar toifasida birinchi o‘rinni egalladi va “TOP-50 Kantar BrandZ China Global Brand Builders 2023” reytingida 14-o‘rinni band etdi va bu ro‘yxatda ketma-ket oltinchi marta paydo bo‘ldi. 2022 yilda 18-o‘ringa ko‘tarilishi Chery brendining qadr-qimmatini ko‘rsatadi. “ TOP-50 Kantar BrandZ China Global Brand Builders 2023” nufuzli va juda qimmatli tahliliy hisobot bo‘lib, Chery kompaniyasining avtomobillar toifasidagi jadal o‘sishi kompaniyaning eng yaxshi mahsulot va xizmatlarni doimiy ravishda taqdim etishi va shu tariqa jahonda yuqori “baho” va “e’tirofga” sazovor bo‘lishi bilan bog‘liq. 

31-avgust kuni J.D. Power kompaniyasi “2023 China Initial Quality StudySM (IQS)”ni chiqardi, unda Chery Xitoyning o‘z brendlari orasida yangi avtomobil sifati bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi va bu uning ishlab chiqarish mukammalligi va ajoyib sifatini tasdiqladi. 

“Yuqori brend yaratish uchun mahorat” falsafasiga sodiq qolgan holda, Chery sifatni korxonaning qon tomiri deb biladi. Mashinani uzoq vaqt mobaynida boshqarish tajribasi va sifat menejmentini doimiy ravishda yaxshilashga e’tibor qaratgan holda, Chery mahsulot sifatini doimiy takomillashtirdi, mijozlarining ishonchini qozondi va qiymat bo‘yicha bozor yetakchisiga aylandi. 

Mahsulot innovatsiyasi: haydash paytidagi ajoyib taassurot

Chery qatorida Tiggo oilasi tug‘ma chempionlik genlariga ega va xaridorlar tomonidan seviladigan va jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan eng kuchli vakolatli mahsulot sifatida ajralib turadi. Bu, ayniqsa, Tiggo 8 va Tiggo 7 seriyalarida seziladi.

2023 yilda Tiggo'ning 8-seriyasi o‘zining nufuzli tashkilotlar tomonidan tan olingan alohida tavsiflarini namoyish etib, "J.D. Power 2023 APEAL (Automotive Performance, Execution, and Layout) StudySM" tadqiqotida o‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamas reytingida birinchi o‘rinni egalladi va o‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamaslar uchun "2023 China Fuel Car Industry User Satisfaction Index" subbozorida ham yetakchi bo‘ldi.

Dizayni, mazmuni, joylashuvi va funksionalligi bo‘yicha har tomonlama mukammallikka ega bo‘lgan Tiggo'ning 7-seriyasi "2023 APEAL (Automotive Performance, Execution, and Layout) StudySM"da o‘rta o‘lchamdagi tejamli yo‘ltanlamaslari uchun birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Tiggo'ning 7-seriyasi ham yaqinda ANCAP (Avstraliyaning yangi avtomobillarni baholash dasturi)da “Besh yulduzli xavfsizlik reytingi”ning yuqori mukofotiga sazovor bo‘lib, o‘z toifasi uchun yangi xavfsizlik standartini o‘rnatdi. 

40 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda sotilgan Tiggo 4 ixcham yo‘ltanlamaslar uchun “J.D. Power 2023 China Initial Quality StudySM (IQS)” reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Quvvat, kenglik, qulaylik, aqllik, xavfsizlik, chidamlilik va ishonchlilikning yetakchi ko‘rsatkichlari – Tiggo 4'ning yutug‘idir.  

Bozorda tanilish: jahon bozorida mukammallik bilan raqobatlashish

Dekabr oyini 215 690 dona oylik sotuvlar bilan yakunlagan Chery Group, 2023 yilda sotuvlar hajmining ajoyib “o‘n ikkita ketma-ket o‘sish” ko‘rsatkichiga erishdi va yillik tarixiy savdo hajmi 1 881 316 donaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 52,6 foizga o‘sish demakdir.

Guruhning yillik avtomobil eksporti hajmi 937 148 donani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 101,1 foizga yuqori ko‘rsatkichdir. 

Shu bilan birga, u Xitoy avtomobillari eksporti bo‘yicha 21 yil ketma-ket yetakchilikni ta’minladi. Chery dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalarida egalari tomonidan sevilgan va turli bozorlarda ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan "Xitoy imzoli" avtomobiliga aylandi.

2023 yilda Chery kompaniyasining PHEV modeli Meksika bozorida juda yaxshi natijalarga erishdi va o‘zining texnologik afzalliklarini “yuqori samaradorlik va yuqori energiya tejamkorligi”ni namoyish etib, “2023 yilda eng yaxshi o‘rta o‘lchamli plagin-gibrid yo‘ltanlamas” mukofotini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Tiggo 8 Pro Filippinda “O‘n to‘qqizinchi eng yaxshi o‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamas” mukofotiga sazovor bo‘ldi va bu o‘zining oilaviy ustunligini yanada kuchaytirdi. Qatar bozorida 2021 va 2022 yillarda “Eng ko‘p sotilgan yo‘ltanlamas” mukofotini olgan Tiggo 7 seriyasi 2023-yilda ketma-ket uchinchi marotaba g‘alabaga erishdi va “2023 yilda Qatar yo‘ltanlamas subbozorining eng yaxshi sotuvchisi” bo‘ldi va birinchi modeliga aylandi, Qatar bozorida yillik savdosi ming donadan oshdi. Bundan tashqari, Tiggo'ning 7-seriyasi Rossiya bozorida sotuvlar bo‘yicha ustunlik qildi va “Rossiya subbozorining eng yaxshi sotuvchisi 2023” unvoniga sazovor bo‘ldi.  

Oldindan rejalashtirish sekin, ammo barqaror rivojlanishni ta’minlaydi. O‘ndan ortiq mukofotni qo‘lga kiritgan Chery e’tiborini avtomobil egalarning talablariga va barqaror sanoat tendentsiyalariga qaratishda davom etmoqda. Kompaniya mahsulot sifatidagi doimiy innovatsiyalardan tortib texnologiya yutuqlari va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirishgacha mahsulot va texnologiyani doimiy ravishda takomillashtirib boradi. Chery kompaniyasi avvalgidek avtomobil egalariga chin dildan xizmat qilish, doimo o‘zini yaxshilash, yangi g‘oyalarni joriy yetish, dunyoning yangi sayohat yo‘nalishlarini boshqarish va dunyoga Xitoy avtomobillari va aqlli ishlab chiqarish jozibasini ko‘rsatishga sodiq qoladi.

O‘zbekistonda Chery brendining distribyutori ADM Global hisoblanadi. Ayni paytda respublika bo‘ylab 14 ta dilerlik markazlari rasman faoliyat ko‘rsatmoqda.

Aloqa uchun telefon +998712765555

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Telegram bot:  https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook kanalimizga a’zo bo‘ling

Instagram’da yangiliklardan xabardor bo‘ling

YouTube’da yangiliklardan xabardor bo‘ling

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring cheryauto.uz 

                   Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing