Charter reyslar jadvali o‘zgardi. To‘liq ro‘yxat bilan tanishing

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi xorijiy davlatlar tomonidan parvozlarni amalga oshirishga qo‘yilayotgan vaqtinchalik cheklov choralaridan kelib chiqqan holda so‘nggi ikki haftaga rejalashtirilgan charter reyslari jadvalini qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Cherter reyslar jadvalining qayta ko‘rib chiqilishiga amalga oshirilayotgan charter reyslari bajarilishi muntazamligini ta’minlash, ushbu jarayonda uchuvchilar va bort kuzatuvchilarining xavfsizligini ta’minlash, ekipaj a’zolarini har bir reysdan so‘ng kuchaytirilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda navbatdagi reysga qadar o‘z-o‘zini izolyatsiyalash sabab bo‘lgan. 

6 – 19 iyul kunlariga belgilangan parvozlar quyidagi tartiba amalga oshiriladi:

6 iyul Seul – Toshkent – Seul  (Asiana airlines) 
6 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways) 
7 iyul Toshkent – Istanbul – Toshkent  (Uzbekistan Airways) 
8 iyul Toshkent – Seul – Toshkent  (Uzbekistan Airways) 
8 iyul Minsk – Toshkent – Minsk (Belavia) 
10 iyul Seul – Toshkent – Seul  (Korean airlines) 
12 iyul Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg (Rossia)
13 iyul Seul – Toshkent – Seul  (Asiana airlines)
13 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)
15 iyul Moskva – Toshkent – Moskva  (Ural airlines)
16 iyul Istanbul – Toshkent – Istanbul (Turkish airlines)
16-17 iyul Toshkent – Nyu-York – Toshkent (Uzbekistan Airways) 
19 iyul Toshkent – Vladivostok – Toshkent (Uzbekistan Airways)

Qayd etilishicha, epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish maqsadida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada ko‘paytrish choralari ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

cherter reys

Baholaganlar

732

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar