Chernogoriya ruslarning ko‘chmas mulklarini muzlatishga kirishdi 

Olam

image

Chernogoriya tasdiqlangan sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan Rossiya fuqarolarining ko‘chmas mulklarini muzlatishga kirishdi. Tegishli hujjat Respublika Vazirlar Mahkamasi saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 iyun kuni Chernogoriya Ichki ishlar vaziri Filip Adjich mamlakatda Rossiya fuqarolariga tegishli 44 ta ko‘chmas mulk ob’ekti muzlatilishini ma’lum qilgan. Bu Ukrainadagi harbiy bosqin munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar rejimiga rioya qilish doirasida amalga oshirilgan.

Chernogoriya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ruslarning mamlakatda 19 mingga yaqin kvartira, uy va boshqa ob’ektlari bor.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilninng 1 mart kuni Chernogoriya hukumati Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalariga qo‘shildi. Chernogoriya Prezidenti Milo Jukanovich NATO sammitidan keyin Ukraina bilan birdamligini bildirdi.

Ayni paytda Chernogoriyaning turli shaharlarida Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi aksiyalar o‘tkazilmoqda. Respublika fuqarolari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni talab qilib, tegishli qarorni mamlakat parlamentida ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan 6 ming imzo to‘plashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing