Chernogoriya parlamenti hukumatga ishonchsizlik votumini e’lon qildi
Olam
−
20 avgust 2022
3578Chernogoriya Assambleyasi (parlamenti) deputatlari bugun, 20 avgustga o‘tar kechasi ko‘pchilik ovozi bilan Dritan Abazovich boshchiligidagi respublika hukumatiga ishonchsizlik bildirdi. Ovoz berish Qonunchilik assambleyasi saytidan efirga uzatildi.
"50 nafar deputat Chernogoriyaning 43-hukumatiga ishonchsizlik uchun ovoz berdi, bir nafari betaraf qoldi. Shu tariqa Vazirlar Mahkamasi ishonchni yo‘qotdi, yig‘ilish tugadi", deya rayosat natijalarni e’lon qilgan.
Ovoz berish tashabbusi bilan avval hokimiyatda bo‘lgan Prezident Milo Jukanovichning Sotsialistlar demokratik partiyasi (SDP) va uning hamkor partiyalari chiqqan.
Deputatlardan birining so‘zlariga ko‘ra, 81 nafar parlamentariydan 68 nafari masala muhokamasini qo‘llab-quvvatlagan, bunga Abazovich kabinetining 100 kun ichida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga yaqinlashish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagani sabab bo‘lgan.
Hukumatga ishonch bildirilishiga sabab qilib, Bosh vazir SDP yetakchisi Jukanovich qarshi chiqqan Serb pravoslav cherkovi bilan Ta’sis shartnomasining imzolanishi, jinoyatchilikka va Sotsialistlar demokratik partiyasiga yaqin bo‘lgan korrupsioner amaldorlarga qarshi kurash boshlanganini ko‘rsatgan.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Chernogoriyani 30 yildan beri uyushgan jinoyatchilik, narkotik kartellari va sigaret kontrabandachilari boshqarib kelmoqda.
O‘tgan hafta Abazovich fevral oyida Bar portida hibsga olingan 1,5 ming blok kontrabanda sigaretani yo‘q qilishda shaxsan ishtirok etgan. Vazirlar Mahkamasisha ishonchlilik votumi qabul qilish bo‘yicha muhokamasi bir necha tanaffuslar bilan 12 soat davom etib, bugun, 20 avgust kuni yarim tundan keyin ovoz berish bilan yakunlandi.
Abazovich ishonchsizlik votumini "Sotsialistlar Demokratik partiyasi g‘alabasi" deb atadi, ammo vaqt o‘tishi bilan Jukanovich siyosiy sahnani tark etishga majbur bo‘ladi, degan fikrni bildirdi.
Yangi parlament shakllanmagunga qadar Chernogoriyaning amaldagi Vazirlar Mahkamasi texnik mandatda qoladi va yangi hukumat saylanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
LiveBarchasi