“Chelsi” yulduzi boshqa klubga ko‘chib o‘tishi mumkin

Sport

image

“Chelsi” yarim himoyachisi N'Golo Kante yozgi transfer oynasida London klubini tark etishi mumkin. Unga bir qancha jamoalar qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “L'Equipe” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi”va Kante bir necha oy davomida shartnomani uzaytirish imkoniyatini muhokama qilishgan, biroq haligacha murosaga kelinmagan. 31 yoshli fransuz "aristokratlar" lagerida hamma narsadan mamnun. Ammo yangi shartnoma borasidagi noaniqlik va boshqa klublarning jiddiy qiziqishini inobatga olgan holda Kante “Chelsi”dan ketishga qaror qilishi mumkin.

31 yoshli fransiyalik yarim himoyachining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. “Transfermarkt” portali N'Golo Kantening bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan.

Malumot o‘rnida, fransiyalik yarim himoyachi joriy mavsum “Chelsi” safida barcha musobaqalar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Chelsi

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing