“Chelsi” va MYU murosaga kela olmadi

Sport

image

“Chelsi” “Manchester Yunayted”ning yarim himoyachi Meyson Maunt transferi bo‘yicha uchinchi taklifini ham rad etdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Qizil iblislar”ga “Chelsi” so‘rayotgan summa ma’qul kelmagan, chunki “ko‘klar” Maunt uchun oldindan 67 million yevro va yana 8 million yevro bonus olishni istamoqda.

“Manchester Yunayted” transfer bo‘yicha taklifi bonuslarni hisobga olgan holda taxminan 60 million yevroni tashkil qilgan.

“Chelsi” vakillari MYU rahbariyatini masalani aniqroq yo‘l bilan hal qilish uchun shaxsan uchrashishga taklif qilgan. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" uchinchi taklifi rad etilsa, Maunt bo‘yicha muzokaralardan voz kechishni rejalashtirgan. “Qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag esa ingliz futbolchisini o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Meyson Maunt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing