“Chelsi” va “Barsa” bir-biriga “hujum” qilmoqda
Sport
−
06 avgust 2022
3663Ispaniyaning “Barselona” klubi “Chelsi” qanot himoyachisi Markos Alonsoni xarid qilishga yaqin turibdi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ikki klub kelishib olgan va transfer hafta oxirida e’lon qilinadi.
Insayderga ko‘ra, Alonso xaridi katalon klubiga 10 million yevrodan kamga tushmaydi. Qiziqarlisi, ispaniyalik himoyachi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Aytish joizki, bundan oldinroq “Chelsi” klubi “Barselona” qiziqishi doirasida bo‘lgan Mark Kukurelyani ilib ketgandi. "Aristokrat"lar ispan futbolchisini 55 +7 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.
Mazkur yozgi transferlar oynasida “Barsa” va “Chelsi” klublari o‘yinchilar uchun tez-tez raqobatchiga aylanib qolyapti. Xususan, kataloniyaliklarning yangi azolari Jyul Kunde va Rafinya tanlovda “Barsa”ni “Chelsi”dan ustun ko‘rdi. Andreas Kristensen esa erkin agent sifatida “Barselona” futbolchisiga aylandi.
Shuningdek, London klubi ham “Barsa”ning 3 futbolchisidan birini transfer qilishga yaqin turibdi. Bular Frenki de Yong, Depay va Aubameyang. “Uchar golland” vakilining xaridi juda yaqin turibdi. Chunki, Barsa de Yongni sotsa, o‘ziga kerak deb bilgan “Manchester Siti” hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silvani jamoaga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” Sezar Aspikulietani jamoaga olib kelmoqchi edi. Lekin, “ko‘klar” Aspikulieta hech qayerga ketmasligini qat’iy belgilab qo‘ydi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ikkala klub ham moliyaviy qiyinchiliklar davrida transfer oynasini “yondirishdi”. “Barsa” Levandovski, Frank Kesse, Andreas Kristensen, Kunde, Rafinya kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan bo‘lsa, “Chelsi” Raxim Sterling, Kalidu Kulibali, Geybriyel Slonina va Karni Chukvuemekinini o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi.
Ibrohim Davronov
LiveBarchasi