“Chelsi” Ryudigerga o‘rinbosar topdi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi joriy yilning yozida “Real Madrid”ga yo‘l olishi kutilayotgan Antonio Ryudiger o‘rniga "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundeni sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo‘nur Twitter'dagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Sevilya" 23 yoshli futbolchining transferi uchun 70 million yevro so‘raydi. “Aristokratlar” ham ularga 70 million o‘tkazib berishga rozi bo‘lishi mumkin. Chunki Ryudigerning o‘rni zudlik bilan to‘ldirilishi shart.

Ma’lumot o‘rnida, Kunde joriy mavsumda La Liganing 27 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiyalik himoyachi va “Sevilya” o‘rtasidagi kelishuv 2024 yilda yakuniga yetadi. “Transfermarkt” tomonidan futbolchining bozor qiymati 60 million yevroga baholangan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing