“Chelsi” Ronalduni sotib olmaydi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”dan “Chelsi”ga o‘tmaydi. Bu haqda journalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 37 yoshli hujumchining transferiga qarshi chiqqan. “Chelsi” bor e’tiborini boshqa futbolchilarga qaratmoqda. Shuning uchun Tuxel Ronalduni jamoada ko‘rishni istamayapti.

Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh “Chelsi” xo‘jayini Todd Boeli bilan Ronalduning transferi borasida muzokaralar olib borgan. Ammo bu masala bo‘yicha yakuniy qaror murabbiy tomonidan qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. "Transfermarkt" portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing