“Chelsi”ning yulduz futbolchisi Saudiya klubiga o‘tdi

Sport

image

“Chelsi” futbol klubi darvozaboni Eduar Mendi Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda klub Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Saudiya klubi 31 yoshli posbon uchun “Chelsi”ga 20 million yevro to‘lagan. 

Shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Senegallik darvozabon yangi jamoasida yiliga 11 million yevro maosh oladi. Shuningdek, bonuslar ham borligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Eduar Mendi ikki yil avval “Chelsi”ning Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Eduar Mendi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing