“Chelsea”ning yangi egasi transferlarga qancha pul berishi ma’lum qilindi

Sport

image

"Chelsea"ning amerikalik yangi egasi Todd Boeli joriy yilning yozida transferlarga 200 million yevro ajratishi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

“Chelseai”ning ustuvor vazifasi  Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen va Sezar Aspilikuetaning ketishi munosabati bilan himoyani kuchaytirishdir.

“Aristokratlar”ning asosiy nishonlari himoyachilar Jyul Kunde (“Sevilya”) va Joshko Gvardiol (“RB Leypsig”). Umuman olganda, “Chelsea”ning uzun ro‘yxatiga 8 nafar himoyachi o‘yinchi kiritilgan, ular orasida Pau Torres (“Vilyarreal”) va Xose Ximenes (“Atletiko”) ham bor.

Shuningdek, “Chelsea” ham Aureliyen Tchouameniga da’vo qilgandi, ammo “Monako” yarim himoyachisi “Real Madrid”ga o‘tishni tanladi. Bundan tashqari “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays 150 million funtga baholanmoqda. Buncha mablag‘ni bitta futbolchiga to‘lash o‘zini unchalik oqlamasligim mumkin.

Qayd etish joizki, Timo Verner, Hakim Ziyesh yoki Kristian Pulishichdan biri sotilsa, “ko‘klar”bir yildan so‘ng erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan vinger Rahim Sterlingni (“Manchester City”) o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya Premer ligasining joriy mavsumida 38 ta uchrashuvdan so‘ng, 74 ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egalladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing