“Chelsi”ni “Liverpul”ning sobiq prezidenti sotib olishi mumkin
Sport
−
21 aprel 2022
4011Lyuis Xemilton va Serena Uilyams “Chelsi”ni sotib olish borasidagi takliflardan biriga sarmoya kiritdi. Bu haqda “Sky News” nashri xabar berdi.
“Formula-1”ning yetti karra chempioni Xemilton va tennis bo‘yicha 23 marotaba “Katta dubulg‘a” musobaqalari g‘olibi Uilyams “Liverpul”ning sobiq prezidenti Martin Broton boshchiligidagi konsorsiumga 20 million funt (har biri 10 million funtdan) sarmoya kiritdi. Brotonning "Chelsi"ni qo‘lga kiritish istagi 19 mart kuni ma’lum bo‘lgandi.
Hozirda, “International Airlines Group”rahbari Broton va “World Athletics” prezidenti Sebastyan Koudan iborat bo‘lgan konsorsium London klubini Roman Abramovichdan sotib olish taklifini yuborgan.
Investitsion assotsiatsiya vakillari klub infratuzilmasini rivojlantirish va jamoani kuchaytirishga sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini aytishdi. Shuningdek, “Liverpul”ning sobiq prezidenti, “Chelsi” taqdiriga daxldor bo‘lgan qarorlarda muxlislar faol ishtirok etishiga va’da berdi.
Avvalroq, Buyuk Britaniya hukumati qistovi ostida rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Angliyadagi barcha mulklarini va “Chelsi” futbol klubini sotuvga qo‘yishga majbur bo‘lgandi. Biroq hanuzgacha “Chelsi” xarid qilish borasida, Abramovichga ma’qul keladigan narx taklif qilingani ma’lum emas.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi