“Chelsi” “Leypsig” futbolchisini sotib olishga yaqin turibdi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va “RB Leypsig” klubining futbolchisi Kristofer Nkunku kelasi yozda "Chelsi"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Bild” nashri yozmoqda.

24 yoshli vinger shu yilning avgust oyi oxirida “Chelsi” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgani aytilgan. Ya’ni, Nkunku Frankfurtda London klubi shifokorlari nazoratida yurak tekshiruvini o‘tkazgan . Tibbiy ko‘rikda “Chelsi” ortopedi ham ishtirok etgan. Angliyaning “The Telegraph” jurnalisti Mett Lou ham bu ma’lumotni tasdiqlagan.

Qayd etish kerakki, “Chelsi” Fransiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Ma’lumot uchun, Nkunku shu yilning iyun oyida “Leypsig” bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirgan. Uning tovon puli 60 million yevro qilib belgilangan. Kristofer joriy mavsumda “RB Leypsig” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kristofer Nkunku

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar