“Chelsi” “Lester” himoyachisini sotib olmoqchi

Sport

image

“Chelsi” asosiy himoyachilari bo‘lgan, Antonio Ryudiger, Sezar Aspilikueta va Andres Kristensen bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisholmayapti.

Agar, uchta himoyachidan birining “Chelsi”dan ketish xavfi paydo bo‘lsa, klub “Lester” himoyachisi Chaglar Suyunjuga e’tiborini qaratadi. Turkiyalik futbolchiga ancha paytdan buyon katta klublardan takliflar tushib turibdi. Ko‘ramiz, bu safar uning “tulkilar” safidan ketishi amalga osharmikan.

Ma’lumot uchun, Chaglar Suyunju “Lester” safida joriy mavsum APLda  22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 25 yoshli futbolchi “Transfermarkt”portal tomonidan 45 million yevroga baholangan.

 

Ma’ruf Abdumalikov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing