“Chelsi” Kunde uchun qancha pul atagani ma’lum qilindi

Sport

image

Ispaniyaning “Sevilya” klubi nihoyat himoyachi Jyul Kunde bo‘yicha “Chelsi”dan rasmiy taklif oldi. Bu haqda ABC nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” fransiyalik futbolchini sotib olishga jiddiy harakat qilmoqda. “Aristokratlar” rahbariyati bonuslarni ham qo‘shganda, Kundeni 55 million yevroga baholagan. Albatta, bu taklif Ispaniya klubiga ma’qul kelmagan. Sababi “Sevilya” himoyachisining sotuvi ortidan 60-65 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan. 

Avvalroq, “Barselona” klubi ham Jyul Kundeni sotib olmoqchi ekani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Kunde o‘tgan mavsumda La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 23 yoshli futbolchini 60 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing