“Chelsi” argentinalik hujumchi uchun kattagina taklif tayyorlayapti

Sport

image

“Chelsi” klubi “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Eurofootball" nashri xabar berdi.

Londonning "Chelsi" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida argentinalik markaziy hujumchi Martinesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Aristokrat”lar yanvar oyidagi tranfer oynasida futbolchi uchun kattagina summa taklif qilmoqchi.

25 yoshli Martinesning "Inter" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Argentinalik futbolchining transfer narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida hujumchiga  "Chelsi"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Nyukasl Yunayted" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Martines 2018 yildan beri "Inter" klubida to‘p suradi. Hujumchi joriy mavsum "A" Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing