“Chelsi” 20 million funtga 18 yoshli iqtidorni sotib oldi

Sport

image

Londonning “Chelsi” futbol klubi “Aston Villa”ning futbolchisi 18 yoshli Karni Chukvuemekinini o‘z safiga qo‘shib oldi. Shartnoma  2028 yilgacha tuzildi. Futbolchi markaziy yarim himoyachi ampulasida harakat qiladi.

Londonliklar bu transfer uchun 15 million funt sterling va qo‘shimcha 5 million funt bonuslar to‘laydi. 

Shuningdek, Chukvuemekini Angliya U-19 termasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib 6 ta gol va 3 ta assist qayd etgan. “Aston Villa” tarkibida esa 12 ta o‘yin o‘tkazgan

Ma’lumot uchun, “aristokratlar” joriy transferlarda “Siti”dan Raxim Sterling ( 56,2 million yevro), “Napoli”dan Kalidu Kulibali ( 38 million yevro) va “Chikago”dan esa Geybriyel Slonina ( 9 million yevro)ni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing