“Chelsi” himoyachisi faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Chelsi” va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispan klubi yozgi transfer oynasida Ryudiger bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Qayd etilishicha, “Real Madrid” rahbariyati 29 yoshli germaniyalik futbolchisi moliyaviy talablarini sezilarli darajada kamaytirsa, Ryudigerning vakillari bilan ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilishga tayyor. Shuningdek, Ryudigerning o‘zi "Real"ga o‘tish variantiga qiziqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ryudiger 2017 yilda “Roma”dan Londonning “Chelsi”siga o‘tgan edi. Joriy mavsumda germaniyalik himoyachi APLda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Ryudiger 2014 yildan beri Germaniya terma jamoasiga chaqiriladi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing