Chexiyada yuqori narxlarga qarshi yirik namoyish bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Kecha, 28 oktyabr kuni Chexiya poytaxti Pragadada o‘n minglab odamlar ishtirokida o‘ng markazchilar siyosati, energiya narxining oshishi va Rossiya bilan mamlakatga gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar boshlashga chorlovchi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Namoyishchilar mamlakat Bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat iste’fosini talab qilib, uni o‘z xalqidan ko‘ra Ukrainaga ko‘proq e’tibor qilayotganlikda ayblagan.

Odamlar "biz milliy halokat hukumatini xohlamaymiz", "urush xuddi hukumat kabi ahmoqonadir" va "narxlarning ko‘tarilishini to‘xtating" degan shiorlar bilan chiqishgan.

Harakat ijtimoiy tarmoqlarda 400 mingga yaqin ukrainalik qochqinning Chexiya tomonidan qabul qilinishini tanqid qilgan. Namoyishlarda 700 mingga yaqin odam qatnashgani aytilmoqda.


“Reuters” ma’lumotiga ko‘ra, aksiya tashkilotchilari orasida o‘ta o‘ng siyosiy harakatlar va mamlakat Kommunistik partiyasi ham bo‘lgan.

Bosh vazir Petr Fiala aksiyaga javoban har bir inson shu tarzda namoyish qilish va o‘z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar bu fikr-mulohazalarni yengil-yelpi qabul qilmayapti, biroq ayni paytda odamlar kim, nima maqsadda norozilik uyushtirishga chaqirayotgani haqida o‘ylashlari kerak.

“Men ularning niyatlarini tushunmayapman. Bu odamlar – Rossiya Federatsiyasining beshinchi kolonnasi”, deydi Chexiya Ichki ishlar vaziri Vit Rakusan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing