Chexiya Rossiyaga rad javobini berdi
Olam
−
08 avgust 2019
4058“Interkommers” bankining sobiq raisi 2018 yil yanvarida hibsga olingan, u deyarli 4 milliard rublni o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Chexiya Adliya vaziri Mariya Beneshova Rossiya Federatsiyasida yirik moliyaviy firibgarlikda ayblangan “Interkommers” bankning sobiq raisi Aleksandr Bugayevskiyni Rossiya tomoniga topshirishdan bosh tortdi.
Bu haqda 7 avgust kuni Chexiya Adliya vaziriligi matbuot kotibi Vladimir Rjepka ma’lum qildi.
"Bugayevskiyni vazir Rossiyaga jinoiy javobgarlikka tortish uchun topshirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qildi", dedi Rjepka. "Bu haqda Rossiya tomoni xabardor qilindi. Bu ish yopiq".
Bugayevskiy Chexiya politsiyasi tomonidan 2018 yil yanvar oyida Rossiya Federatsiyasi tomonidan chiqarilgan hibsga olish to‘g‘risidagi xalqaro order asosida hibsga olingan. Praga shahar sudi va keyin ushbu ish ko‘rib chiqilgan respublika Oliy sudi gumondorni Rossiyaga topshirishga ruxsat berdi. Ayni paytda, Chexiyaning amaldagi qonunchiligiga binoan, chet davlatga topshirish to‘g‘risida yakuniy qaror Adliya vaziri tomonidan qabul qilinadi.
Germaniya, Shvetsiya va Boltiqbo‘yi davlatlarida Chexiya Respublikasiga borishdan oldin bo‘lgan Bugayevskiy Praga hokimiyatiga siyosiy boshpana so‘rab murojaat qildi.
Uning so‘rovi respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Sobiq bankirning ta’kidlashicha, Rossiyada unga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish faqat siyosiy xarakterga ega.
Rossiyada Bugayevskiy firibgarlikda 3,9 milliard rubl miqdorida ayblanmoqda. U Rossiya sudi tomonidan sirtdan hibsga olingan.
LiveBarchasi