Chexiya parlamenti Rossiya hukumatini “terrorchi rejim” deb e’lon qildi
Olam
−
03 noyabr 2022
4458Chexiyalik deputatlar Rossiya Federatsiyasining siyosiy rejimini “terroristik rejim” deb tan oldi. Tegishli qarorni 14 deputatdan 12 nafari qo‘llab-quvvatladi. “Ceske Noviny”ning yozishicha, Chexiya parlamenti Deputatlar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasi shunday qaror qabul qilgan.
“Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq Rossiyaning amaldagi rejimini terroristik rejim deb belgilaydi”, deyiladi rezolyutsiyada.
Bundan tashqari, hujjatda Ukrainadagi urush va ayniqsa tinch aholiga, fuqarolik ob’ektlariga va asosiy infratuzilmaga zarba berish qoralangan.
“Zaporoje atom elektr stansiyasi hududida harbiy qismlarning o‘qqa tutilishi va joylashtirilishi faqatgina Ukraina hududidagi tinch aholi uchun tahdid emas. Yadro qurolidan foydalanish haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita tahdidlar, shuningdek, Ukrainani ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llashni rejalashtirganlikda asossiz ayblash keskinlikni xavfli tarzda kuchaytirish va Yevropa xavfsizligiga tahdiddir”, deya ta’kidladi deputatlar.
Shuningdek, Chexiya parlamentining quyi palatasi Ukrainaning bosib olingan hududlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha o‘tkazilgan “referendum” natijalarini tan olishdan bosh tortdi.
Shunga o‘xshash rezolyutsiyalar avval Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha tomonidan qabul qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi oxirida Polsha parlamentining yuqori palatasi – Senat Rossiya hukumatini "terrorchi rejim" deb tan olish haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi.
LiveBarchasi