Chegaradan qariyb 160 kg giyohvand moddani olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari 156 kgga yaqin giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Oybek” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro B.U. boshqaruvidagi uzum ortilgan DAF avtomobili bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda u mamlakat hududidan tranzit tarzida o‘tib, Rossiya Federatsiyasiga ketishi aniqlangan.

Yuk avtomobili tezkor tuzilmalarning maxsus kuzatuvi ostida, “Yangiyo‘l” bojxona postida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Tirkamaning pol qismi ochib ko‘rilganida, bojxona xodimlarining ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida polda yashirin bo‘lmalar hosil qilinib, ular orasiga esa yashil rangli yelim idishlar poliuretan ko‘pik ko‘magida zichlab joylashtirilgani ma’lum bo‘lgan.

Uddaburonlik bilan joylashtirilgan 141 dona yelim idishlarda, idishi bilan hisoblaganda jami 156 kgga yaqin giyohvandlik vositalari borligi fosh bo‘lgan.

Giyohvandlik vositalarining hidini xizmat itlari payqamasligi uchun idish qopqog‘iga maxsus smola - qatron ko‘magida ishlov berilgan.

Tezkor tadbir davomida 149,76 kg “gashish”, 4,44 kg “opiy” va 1,52 kg  “geroin” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing