Chegarada qiymati 112 million so‘mdan ko‘proq bo‘lgan noqonuniy zargarlik buyumlari ushlab qolindi
Jamiyat
−
11 mart 2019
5673Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan chegara bojxona postida mamlakatimizga noqonuniy tarzda olib kelinayotgan buyumlar ushlab qolindi. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat bojxona boshqarmasi axborot xizmati O‘zA ga ma’lum qilgan.
“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu shaxs vagon to‘shagiga o‘rab yashirgan holda 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlarini O‘zbekiston hududiga olib kirishga uringanligi aniqlandi. Shuningdek, fuqaro S.X. esa qiymati 112 million so‘mdan ko‘proq 173 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kelayotgan vaqtida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi