Dunyodagi eng kelishgan erkaklar o‘nligi – Gollivudning aksari yoqimtoylari quladi

Bu qiziq

image

Dunyodagi eng chiroyli erkaklar o‘ntaligi reytingi tuzildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu yilgi reytingda bir vaqtlar yetakchilik qilganlar ancha quyiga tushib ketgan.

10. Kuchli o‘ntalikni aktyor Rayan Gosling 87,48 foiz bilan yopib beradi. 

9. Reper Kane Uest 97,94 foiz to‘pladi va to‘qqizinchi o‘rinda qayd etildi.

8. Yana bir aktyor Idris Alba 88,01 foiz bilan sakkizinchi o‘rinda. Aytgancha, u 2018 yilda People jurnali talqini bo‘yicha eng chiroyli erkak bo‘lgan edi.

7. Britaniyalik yoqimtoy, futbolchi Devid Bekhem ro‘yxatda yettinchi o‘rinni band etdi (88,96 foiz).

6. 51 yoshli aktyor Xyu Jekman 89,64 foizli natija bilan oltinchi o‘rinni egalladi.

5. Jorj Kluni ro‘yxatda o‘zini beshinchi o‘rinda ko‘rib, “tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketgan” bo‘lishi aniq. U 89,91 foiz to‘plagan. “Deyarli 60 yoshga kirib qolgan bo‘lsangizu, lekin kuchli beshlikdan joy egallasangiz, oldingidek yoqimli bo‘ladi. Uning ajoyib va tabiiy ko‘rinishi doim birdek”, deydi kosmetik jarroh Julian De Silva.

4. Barcha yoqtirgan Bred Pitt 90,51 foiz to‘plab, ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni band etdi. Eng qizig‘i shundaki, u nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan kinomanlarni o‘ziga jalb eta oladi, balki xarizmasi ham unga bu ishda yordam beradi.

3. Gollivud yoqimtoyi Bredli Kuper 91,08 foiz to‘pladi va reytingda uchinchi bo‘ldi.

2. “Jodugar” seriyali va “Supermen” filmi bosh ijrochisi Genri Kavillga ikkinchi o‘rin (91,64 foiz) nasib qildi. Ushbu ro‘yxat kosmetik jarroh Julian De Silvaning yangi kompyuter metodlari asosida tuzilgan.

1. 33 yoshli Robert Pattinson o‘z hamkasblaridan o‘tib ketdi va dunyodagi eng chiroyli erkak maqomini qo‘lga kiritdi. U 92,15 foizga Phi yunon go‘zallik koeffitsiyentiga to‘g‘ri kelgan. Aktyor 2021 yilda katta ekranlarga chiqadigan “Betmen” blokbasterida bosh qahramon rolini ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing