Chechenistonda epidemiya jarayonining uchinchi bosqichi boshlandi
Olam
−
13 aprel 2020
6435Checheniston sog‘liqni saqlash vaziri Elxan Sulaymonov, respublikada koronavirus infeksiyasi cho‘qqiga chiqayotganini, may oyining boshlariga kelib, u pasayishidan umid qilayotganini ma’lum qildi.
Ayni damda mamlakatda 48 nafar odam koronavirusga chalingan, 5 bemor esa olamdan o‘tgan.
“Bizda epidemiya jarayonining uchinchi bosqichi davom etayapti, biz bemorlarni aniqlaymiz va ularni tekshiramiz. Ushbu bosqich pasayishiga va karantin may oyida tugashiga qattiq umid qilamiz”, dedi vazir Instagram’dagi o‘z sahifasida.
Vazir agar aholi o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimiga amal qilsa, respublika vaziyatni ana shu darajada ushlab turishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, mamlakatda boshlangan kasallikning ikkinchi to‘lqini, marhumlardan birining oilasidan yuzlab odam dafn marosimiga borib, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimini buzganligi bilan bog‘liq.
LiveBarchasi