Checheniston rahbarining 17 yoshli o‘g‘li uylandi (video)
Olam
−
07 mart 2023
24644Joriy yilning 4 mart kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li Axmat Qodirovning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Vot Tak” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘yda 87 ta Bugatti va Rolls-Royce mashinalaridan iborat kortej xizmat qilgan. Marosim sababli viloyatda yo‘llar to‘silib, odamlarga uni suratga olish taqiqlangan. Biroq rossiyalik xonanda Timati Instagram sahifasiga kortej videosini joylagan.
Shuningdek, to‘y arafasida Qodirovning o‘g‘li Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan va Prezident uni yaqinlashib kelayotgan nikohi bilan tabriklagan. Ramzan Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv norasmiy bo‘lgan (Kreml ham bu haqda xabar bermagan), biroq u dalil sifatida o‘z o‘g‘li va Rossiya prezidentining suratlarini tarmoqqa joylagan.
Ma’lumot uchun, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Axmat “Birinchilar harakati” Butunrossiya bolalar va o‘smirlar harakatining respublikadagi mintaqaviy bo‘limi kengashi raisi hisoblanadi.
LiveBarchasi
16:25