Chavandoz qirg‘izlar, “Qonunchilarga o‘lim” va kumushrang bolalar – hafta suratlari

Bu qiziq

image

Aprel oyidagi birinchi haftalik ham oxirlab qoldi. So‘nggi yetti kun ichida dunyo hamjamiyatida bir qator esda qolarli hodisalar sodir bo‘ldi. QALAMPIR.UZ mushtariylar e’tiborini yakuniga yetib borayotgan hafta ichida suratga olingan eng sara fotolarga qaratadi.

Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Parij politsiyasi sayyohlarni tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Idlibdagi mushuklar boshpanasi.

Yoshlar Myunxendagi Xakerbruk ko‘prigida.

Mozambikning Pemba shahridagi Pakitekete qirg‘og‘ida o‘ynayotgan bola.

Hindistonda Holi bayrami nishonlanmoqda.

Sayyohlar Meksikaning shimoliy qismidagi Gerrero-Negro lagunasida kulrang kitni oziqlantirishga harakat qilmoqda.

Moskva ko‘chalarida gul sotayotgan ayol.

Bristolda “Qonunchilarga o‘lim” aksiyasi qatnashchilari.

Buyuk payshanba kuni Quddusdagi Muqaddas Maqbaralar cherkovidagi ommaviy marosim.

Sevilyadagi moda namoyishi oldidan mantillali qizlar.

Rossiyaning Murmansk viloyati “Lovozero” qishlog‘i yaqinidagi kiyiklar.

Afg‘onistonlik bola non ko‘tarib ketmoqda.

AQSHning Alabama shtatidagi tornado oqibatlari.

Qirg‘izistonning Sokuluk qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan qadimgi ko‘chmanchilarning ko‘k-boru o‘yini.

Indoneziya poytaxti Jakartada kumush bo‘yoq bilan qoplangan bolalar.

Xitoy poytaxti Pekinda sakura mavsumi.

Kaliforniyadagi oila.

Kobuldagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari.

Kolumbiyadagi shahar hokimiyatida portlash.

Volgograddagi ulkan haykal.

Myanmadagi harbiy to‘ntarishga qarshi namoyishlar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing