ChatGPT tuzgan ramziy jamoa e’lon qilindi

Sport

image

ChatGPT neyrotarmog‘i barcha davrlarning eng kuchli ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

ChatBot tanloviga ko‘ra, 45 yoshida ham to‘p surayotgan, ayni vaqtda Italiyaning “Parma” klubi sharafini himoya qilayotgan afsonaviy Janluiji Buffon darvozadan joy oldi.

2002 yilgi jahon chempioni Kafu o‘ng qanot himoyasiga, Franko Barezi va Frans Bekkenbauer himoya markaziga, Paolo Maldini esa jamoaning chap qanotiga joylashtirildi.

1998 yilgi Jahon chempionati qahramoni Zinedin Zidan, niderlandiyalik afsona Yoxan Kroyff va argentinalik futbol yulduzi Diyego Maradona yarim himoyadan joy oldi.

Uch karra jahon chempioni Pele, zamonaviy futbol yulduzlari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hujum chizig‘iga qo‘yildi.

Qayd etish joiz, ChatGPT OpenAi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intelekt hisoblanib, internetdagi mavjud ma’lumotlar asosida foydalanuvchilar savollariga javob beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made