Charlz Oliveyra men bilan solishtirmang – Habib Nurmuhamedov

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov o‘zini Charlz Oliveyra bilan solishtirishlarini istamaydi. Bu haqda Habib Nurmuhamedovning so‘zlariga tayanib, ESPN nashri xabar berdi.

“Charlz Oliveyra har bir jangida  bir necha marta yiqiladi. U oxirgi jangida necha marta yiqildi? Ikki yoki uch martami? Unga savollar bor. Hech kim meni mag‘lub eta olmagan. Odamlar meni u bilan solishtira olmaydi. U UFC'da sakkiz marta nokautga uchragan. Iltimos qilaman, meni Oliveyra bilan taqqoslashni to‘xtating. Jim Miller, Pol Felder, Maks Xolluyey, Entoni Pettis kabi jangchilardan Habib emas, Charlz Oliveyra mag‘lub bo‘lgan edi”, degan Nurmuhamedov.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil oktyabr oyida 32 yoshli Nurmuhamedov UFC 254 turnirida Jastin Geydjini ikkinchi raundda mag‘lub etgan edi. Jangdan so‘ng rossiyalik jangchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan. Habib MMA'dagi faoliyati davomida 29 ta jangda ishtirok etib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Shu jumladan,  Nurmuhamedov UFC'dagi 13 ta jangda 13 ta g‘alabaga erishgan

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing