Charlz III o‘z davridagi birinchi Bosh vazirni tasdiqladi
Olam
−
25 Oktabr 2022
4221Buyuk Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasining yangi rahbari Rishi Sunak Qirol Charlz III dan hukumat tuzish mandatini olib, mamlakat Bosh vaziri lavozimiga kirishdi. Bu haqda Bukingem saroyi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, endi 42 yoshli Rishi Sunak Bosh vazirning Dauning-stritdagi qarorgohiga boradi va u yerda Buyuk Britaniya xalqiga murojaat qiladi.
U Yelizaveta II vafotidan keyin 8 sentyabrda qirollik taxtiga o‘tirgan Charlz III tomonidan tasdiqlangan birinchi Bosh vazir bo‘ldi. U Buyuk Britaniyaning 57-Bosh vaziri xisoblanadi.
Shuningdek, u bu yil mamlakatdagi uchinchi Bosh vazir bo‘lib, Dauning-stritga ikki asrdagi eng yosh Bosh vazir sifatida kirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 24 oktyabr kuni Buyuk Britaniya sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak hukmron Konservativ partiya yetakchiligini qo‘lga kiritdi va Bosh vazir bo‘ldi.
LiveBarchasi