Chapaqaylar haqida nimalarni bilamiz?
Bu qiziq
−
29 may 2019
9635Dunyo miqyosida chapaqay insonlar taxminan 12-13%ni tashkil etadi. Bundan tashqari nasliy chapaqay insonlar ham bor. Bu xuddi kasallik singari nasldan-naslga o‘tadi.
Olimlar chapaqaylikni genetika bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin degan fikrda. Unga ko‘ra bir tuxum hujayradan paydo bo‘lgan egizaklarda genlar bir xil bo‘ladi, biroq bunday juftliklarning 17 foizida ishchi qo‘llar har xil bo‘ladi. Ba’zan homilada chapaqaylik tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir tadqiqotga ko‘ra, agar ona homiladorlik vaqtida tez-tez stress holatiga tushgan bo‘lsa, chaqaloqning chapaqay bo‘lib tug‘ilishi imkoniyati oshadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, chapaqay insonlar uch turga bo‘linar ekan.
MAJBURIY CHAPAQAYLAR
Odatda qo‘li singan yoki shikastlangan bolalarga ota-onalari yoki maktabdagi o‘qituvchilari tomonidan chap qo‘lda yozish o‘rgatiladi. Ammo qanchalik urinmang, uning husnixati chiroyli bo‘lmaydi, chunki ular tabiatan o‘ng qo‘lda yozishga o‘rganganlar. Bunday bolalarda miyaning faol qismi chapligicha qolaveradi. Bu degani uning o‘ng tomon miyasi uchun javobgar qism chap tomon hisoblanadi. Chunki o‘ng qo‘l bilan yozadigan insonlarda ham xuddi shunday. Majburiy chapaqaylar yer sharining atigi 3% odamlarini o‘z ichiga oladi.
TAQLIDIY CHAPAQAYLAR
Bunday insonlar bolalik chog‘idan oila a’zolari yoki maktabdagi o‘rtoqlariga qarab chapaqay bo‘lganlar. Chapaqay bo‘lishlariga albatta kimdir sababchi bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak bunday chapaqay bolalarning yozuvi xunuk va tartibsiz bo‘ladi. Chunki ularda ham aslida miyaning chap yarim shari faollik qiladi. Bunday isonlar oramizda faqatgina 0,5% ni tashkil etadi.
O‘Z XOXISHIGA KO‘RA CHAPAQAY INSONLAR
Ba’zi insonlarda qo‘lga nisbatan faol yarim shar uncha yaxshi rivojlanmaydi. Shuning uchun bunday odamlar qaysi qo‘lda yozishni o‘zlari hal qilishadi. Yoki odatda ular ikki qo‘lida ham bir xil yoza olish qobiliyatiga egalar. Ular taxminan 7-8%ni tashkil etishadi.
LiveBarchasi