Chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘lgan ayollarning 42,5 foizi xomiladorligini yashirgan – IIV mas’uli

Jamiyat

image

“Odam savdosi majburiy mehnat, zamonaviy qullik, majburiy donorlik, harbiy va terroristik to‘qnashuvlarda foydalanish hamda fohishabozlik bilan shug‘ullanishga majburlash kabi qonunga zid qilmishlarda namoyon bo‘ladi”, deydi IIB Tergov departamenti mas’ul xodimi Nargiza Hojiboyeva O‘zbekison Respublikasida chaqaloq savdosining kelib chiqish sabablariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida. 

U, shuningdek, chaqaloq savdosi jinoyatini sodir etganlar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, hozirda bu jinoyatni sodir etish imkoniyatini cheklovchi mukammal normativ-huquqiy hujjatlar hamda samarali yaxlit idoralararo davlat tizimi yo‘qligi ayon bo‘lganini qo‘shimcha qildi.  

Hojiboyeva raqamlarga to‘xtalar ekan, farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarning 42,5 foizi (78tasi) o‘zini xomiladorligini yashirish maqsadida hududiy oilaviy poliklinikalar ro‘yxatidan o‘tmagan. Shu bilan birga, farzandini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar bilan o‘tkazilgan surishtiruv davomida, ular tomonidan farzandini bolalar uyiga topshirish niyati bo‘lgan-bo‘lmagani o‘rganilganda ularning 85 foizi bolasini bolalar uyiga topshirish niyati bo‘lmagani, qolgan 15 foizi esa, bunday niyati bo‘lgani, lekin vasiylik va homiylik organlari homiladorligi haqida yaqinlari yoki mahallasini xabardor qilishidan qo‘rqqanini bildirgan. Qayd etilishicha, aniqlangan jinoyatlarning aksariyati bu borada faoliyat olib boruvchi davlat idoralari nazoratidan chetda qolmoqda. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda, bolani asrab olish, vasiy va homiy tayinlash, bolaning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida vakolatli respublika vasiylik va homiylik idoralari hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Vasiylik va homiylik organlari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarini farzandlikka olish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risida”gi Nizom asosida olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing