Chadning 30 yillik Prezidenti jangda olgan jarohatidan vafot etdi
Olam
−
20 aprel 2021
6984Chad Prezidenti Idriss Debi Itno qo‘zg‘olonchilarga qarshi bo‘lgan jang harakatlarida olgan jarohatlari sababli vafot etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Idriss Debi Itno 1976 yilda Fransiyada ta’lim olib, uchuvchi diplomini olgan. 1978 yilda o‘sha vaqtda fuqarolar urushi davom etayotgan Chadga qaytgan. Keyinchalik u Xissen Xabre qo‘l ostidagi shimoliy Qurolli kuchlar safiga qo‘shiladi. 1982 yilda u Xabrega o‘sha vaqtdagi Prezident Gukuni Uddeyni hokimiyatdan ag‘darishga yordam bergan. Keyinroq 1990 yilda davlat rahbariga aylangan.
Ma’lumot uchun, avvalroq 11 aprel sanasida bo‘lgan saylovlar yakuniga ko‘ra Debi Itno oltinchi marotaba Chad Prezidenti etib saylangandi.
Eslatib o‘tamiz, 69 yoshli davlat rahbari saylovlarda 79 foiz ovoz to‘plab, qayta saylangandi. U 1990 yildan beri Prezident bo‘lib kelgan.
LiveBarchasi