Saratonni davolashni va’da qilib, odamlarni chuv tushurgan firibgar ushlandi

Olam

image

Qirg‘izistonning Bishkek shahri yaqinida pokistonlik soxta shifokor qirg‘izistonlik ayolga o‘g‘lini saraton kasalligidan davolab berishni va’da qilib, undan 5 500 AQSH dollari olgani aytilmoqda. Bu haqda “Sputnik Kyrgyzstan” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Alamudun tumanida sodir bo‘lgan. 34 yoshli ayol mahalliy politsiyaga Siddiq ismli shifokorning va’dalariga ishonib, pullarini berganini ma’lum qilgan.

Erkak oldindan 5500 AQSH dollari olgan, lekin bolani davolamagan, faqat dori-darmonlar uchun pul talab qilishda davom etgan.

Politsiya shifokorni hibsga olgan. 41 yoshli firibgar erkak Pokiston fuqarosi bo‘lib chiqqan. Markaziy ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, u qirg‘izistonliklarni hech qanday tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan holda muddati o‘tgan dori-darmonlar bilan davolab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan firibgarlik va noqonuniy tibbiy faoliyatga oid moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Caraton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar