Saqich — yuzga ajin tushiradimi?

Foydali

image

Ovqatlangandan so‘ng, bekorchilikda chaynaladigan saqichlar, bizga yoqimli va foydalidek ko‘rinadi. Ammo, bu biz o‘ylaganchalik to‘g‘ri fikr emas. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan saqichlar tarkibida kauchuk moddasi mavjud. U organizmga zararli bo‘lib, ushbu moddadan zaharlanish ham mumkin. 

Saqich tarkibidagi shakar tishlarda bakterial qatlam hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday holatda boshqa turdagi kasalliklar paydo bo‘lishi ham mumkin.

Amerikalik mutaxassis, kosmetolog-jarroh Joel Shlessingerning aytishicha, saqichni yaxshi ko‘ruvchilar erta paydo bo‘luvchi ajinlardan aziyat chekadi. Mutaxassisning fikricha, unga og‘iz atrofi va labdagi ajinlar muammosi bo‘yicha murojaat qiluvchi aksariyat bemorlar doimiy ravishda saqich chaynaydi.

Dermatologlarning ma’lum qilishicha, doimiy ravishda saqich chaynash yuz muskullariga ta’sir qiladi. Oqibatda og‘iz atrofi terisi tarangligini yo‘qotadi. 

Plastik jarrohlarning xizmatidan foydalanuvchilar yuzini filler yordamida taranglashtiradi. Saqich esa ta’sirni umuman teskari tomonga burib yuboradi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing