Byudjet kodeksiga o‘zgartishlar kiritildi

Jamiyat

image


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. 

Qonunga muvofiq, byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining reglamentlariga navbatdagi yil uchun O‘zbekistonning Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga oid alohida bo‘lim kiritildi.

Shuningdek, Byudjet kodeksi birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi, umumiy fiskal balans, hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchi kabi tushunchalar bilan to‘ldirildi.

Kodeksdan byudjet xarajatlariga o‘zgartirish kiritish tartibiga oid moddalar chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonundan Davlat byudjetini qabul qilishga oid modda chiqarib tashlandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran  kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Byudjet kodeksi

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar