Bo‘zsuv kanalida cho‘kayotgan 18 yoshli qiz qutqarib qolindi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 7 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Bo‘zsuv kanalida fuqaro cho‘kib ketdi. Bu haqda shahar Milliy gvardiyasi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, tungi soat 00:05 da Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida cho‘kayotgan fuqaroni ushbu hududda xizmat olib borayotgan gvardiyachilar qutqarib qolgan. Hodisa joyiga tibbiy yordam yetib kelguniga qadar gvardiyachilar jabrlanuvchini suvdan chiqarib, dastlabki tibbiy yordamni ko‘rsatgan.

Olib borilgan dastlabki o‘rganishlar natijasida ushbu fuqaro Toshkent shahrida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan K.K. ekani aniqlangan.

Hozirgi paytda K.K. shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Seoul Mun sayilgohi hududidan o‘tgan kanalda 17 yoshli yigit cho‘kib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent cho'kish Bo'zsuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing