Buzoqning yugurgani somonxonagacha. Bolgariya yana Rossiyadan gaz olmoqchi

Olam

image

Bolgariya Vazirlar Mahkamasi "Gazprom"dan gaz yetkazib berishni qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Energetika vaziri Rosen Xristov ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27 aprelidan beri “Gazprom” Bolgariyaning “Bulgargaz” kompaniyasiga to‘lov rublda amalga oshirilmagani uchun gaz yetkazib berishni to‘xtatgan.

“Hukumatimiz barcha variantlarni, jumladan, "Gazprom"dan gaz ta’minotini qayta tiklashni ham ko‘rib chiqmoqda. Ustuvor vazifa sifatida, biz barcha muqobil variantlarni ko‘rib chiqamiz. Lekin bu yetarli bo‘lmasa, men xalqni sovuqda qoldirib vazirlik kursisida o‘tirolmayman”, deydi Xristov.

Avvalroq, Bolgariya sobiq bosh vaziri Kirill Petkov hukumati AQSHdan yetti tanker suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzgan edi. Shu bilan birga, mahalliy ishbilarmon doiralar vakillari buning o‘zi yetarli emasligini ta’kidlagan.

Joriy yilning iyun oyi oxirida Bolgariyada hukumat inqirozi yuz berdi. Natijada Petkov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi iste’foga chiqarildi. Avgust oyi boshida “Bulgargaz” direktorlar kengashi raisi Ivan Topchiyskiy kompaniya “Gazprom” bilan muzokaralarni davom ettirayotganini va Bolgariyaga Rossiya gazini yetkazib berishni qayta tiklash imkoniyati borligini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, Moskva 1 apreldan do‘stona bo‘lmagan davlatlar bilan Rossiya milliy valyutasida hisob-kitoblarga o‘tgan. Buning uchun xaridorlar “Gazprombank”da valyuta va rubl hisoblarini ochishlari kerak. Ushbu talabni bajarmagani sababli Bolgariyani Rossiya gaz ta’minotidan uzib qo‘ygan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing