Buyuk Xitoy devorining bir qismi quladi. Jabrlanganlar bor
Olam
−
10 yanvar 2022
12911Joriy yilning 8 yanvar kuni Xitoyda yuz bergan 6,9 magnitudali zilzila oqibatida mamlakat shimoli-g‘arbidagi Buyuk Xitoy devorining ikki metrli qismi qulab tushdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8 yanvar kuni Sinxay provinsiyasining Menyuanxuy avtonom okrugida kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Oqibatda qo‘shni Gansu provinsiyasidagi Shandan okrugida Buyuk Xitoy devorining ikki metrli qismi qulab tushgan. Qulash zilzila epitsentridan 114 km uzoqlikda sodir bo‘lgan.
Devorning qulagan qismi Min sulolasi davrida (1368 - 1644) qurilgan. Ayni vaqtda restavratorlar ushbu hududda himoya inshootini qurib, restavratsiya ishlarini boshlab yuborishgan. Zilzila oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, biroq 9 kishi jarohatlangan.
Buyuk Xitoy devori - Shimoliy Xitoy va Mo‘g‘ulistonning janubidagi bir qator mudofaa inshootlari. Buyuk Xitoy devori – qadimiy arxitekturaning eng mashhur yodgorligi. U Xitoy shimoli bo‘ylab 8000 kilometrga cho‘zilgan bo‘lib, Osmon osti mamlakatining ajralmas qismi sanaladi. Bu inshootni qurishda yuz minglab ishchilar o‘n yillar davomida mehnat qilgan.
Devorning eng uzun va eng yaxshi saqlanib qolgan qismi Ming davrida (1368-1644) qurilgan. U shimoli-sharqiy Liaoning provinsiyasidan shimoli-g‘arbiy Gansu provinsiyasigacha cho‘zilgani aytiladi. Uzunligi taxminan 8850 km.
LiveBarchasi