Buyuk Britaniyada pandemiya “pik” nuqtaga chiqdi

Olam

image

Butun dunyoga tarqalgan koronavirus pandemiyasi Buyuk Britaniyada cho‘qqiga chiqdi. Bu haqda Angliya Bosh sanitariya shifokori Kris Uitti ma’lum qildi.

"Buyuk Britaniyada vaziyat yomonlashayotganini ko‘ryabmiz. Biz pandemiyaning cho‘qqisida turibmiz. Mavsumiy kasalliklar avj oladigan sovuq qish oldidan virus tarqalishini nazorat qilishimiz zarur", degan Uitti. 

Ertaga, 22 sentyabr kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning xalqqa televizion murojaat bilan chiqishi kutilyapti. Unda vazir o‘z vatandoshlariga so‘nggi ogohlantirishni beradi: yoki xalq koronavirus bilan bog‘liq ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishi shart, yoki yana kuchaytirilgan karantin joriy etiladi.

Kecha, 20 sentyabr kuni mamlakatda 3 ming 899 kishi koronavirus yuqtirganligi e’lon qilindi. Undan oldin, ikki kun ketma-ket bu ko‘rsatkich 4 mingdan oshgandi. Bu 8 maydan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar 394 257 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakat o‘rin ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda bormoqda. Bugungacha xavfli virusdan vafot etganlar 41 777 nafarga yetgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar esa yashirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing