Buyuk Britaniyada onlayn ta’lim o‘zini oqlamadi – “Daily Mail”
Olam
−
20 aprel 2020
3826Buyuk Britaniya ta’lim tizimi koronavirus infeksiyasining tarqalishi sababli onlayn ta’limga o‘tganidan so‘ng, talabalarning kamida uchdan ikki qismi darslarga qatnashmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda di. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.
Boshlang‘ich maktablarning atigi 19 foizi, o‘rta maktablarning 22 foizi, xususiy maktablar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 51 foizi va parallel raqishda yuqori sinf o‘quvchilarining 57 foizi internet orqali o‘tkazilgan darslarda ishtirok etgan.
Ko‘pgina ota-onalar noutbukda dars bajarib o‘tirgan bolalarning suratlarini yuklaganlariga qaramay, aksariyat o‘quvchilar darslarda qatnashish imkoniyatiga ega emas, deb yozadi “Daily Mail”. Bu, shuningdek, ba’zi oilalarda nafaqat zarur jihozlar, balki internetda muammolar borligidan dalolat beradi.
Buyuk Britaniya Ta’lim vazirligi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bepul noutbuk va planshetlarni tarqatishga va’da bergan. Biroq bu choralar vaziyatni yumshatmasligi mumkin: o‘qituvchilar va ota-onalar karantin bekor qilingandan so‘ng, bolalarning katta qismi darslardan ortda qolib ketishidan qo‘rqishadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga 120 067 nafar odam chalindi. 344 bemor shifo topgan bo‘lsa, 16060 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi