Buyuk Britaniya Rossiya gaziga “tupuryapti”
Olam
−
28 Oktabr 2022
14975Buyuk Britaniya hukumati 2023 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan suyultirilgan gaz importini taqiqlaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining bugun, 28 oktyabr kuni chop etilgan xabarida aytiladi.
“Buyuk Britaniya 2023 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan suyultirilgan gazning barcha importini to‘xtatadi va butun dunyo mamlakatlariga o‘zlarining [Rossiya gaziga] qaramligini kamaytirishda yordam beradi”, deyiladi Twitter’da e’lon qilingan bayonotda.
Avvalroq Britaniya rasmiylari yil oxirigacha Rossiya Federatsiyasidan yoqilg‘i importini to‘xtatishini ma’lum qilgandi.
2021 yil holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniya bozoriga kiradigan gazning deyarli yarmi Britaniya Shimoliy dengizi shelfidan kelgan. Norvegiya mamlakatga eng yirik gaz eksportchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, importning qariyb 17 foizini suyultirilgan gaz yetkazib berish egallaydi, ularning asosiy qismi Qatar, AQSH va Rossiya Federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘tgan yili Buyuk Britaniya 3,12 milliard kub metr rus gazini import qildi – bu ushbu turdagi yoqilg‘ining umumiy iste’molining 4 foizi. Joriy yilning iyun oyida Buyuk Britaniyaning biznes, energetika va sanoat strategiyasi bo‘yicha o‘sha paytdagi davlat kotibi Kvazi Kvarteng mamlakat Rossiyadan gaz importini 2021 yilga nisbatan 75 foizga qisqartirganini aytdi.
LiveBarchasi