“Samarqand-Toshkent”  shaharlararo zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 aprel kunidan boshlab, Samarqand shahridagi avtomobillar Bosh bekati orqali “Samarqand-Toshkent”  shaharlararo zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar har kuni ertalab soat 07:00, 09:00, 10:00 da Samarqand shahridan va kunning ikkinchi yarmida, ya’ni soat 13:30, 16:00, 18:00 da Toshkent shahridan harakatlanishi belgilangan.

Yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish vaqti 3 soatni tashkil etadi. Zamonaviy avtobus sig‘imi 55 ta o‘ringa ega.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand-Toshkent

Baholaganlar

480

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar