Buyuk Britaniya Moderna vaksinasini ma’qulladi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021
2541Buyuk Britaniyaning Dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlarini nazorat qilish bo‘yicha mustaqil agentligi qirollik aholisini ommaviy emlash uchun Amerikaning Moderna kompaniyasining koronavirus vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan xabarda aytilgan.
“Bu yana bir ajoyib yangilik va biz ushbu dahshatli kasallikka qarshi kurashishimiz mumkin bo‘lgan yana bir qurol”, deydi hujjatda so‘zlari keltirilgan bo‘lim boshlig‘i Mett Xenkok.
Preparat ingliz regulyatorlari tomonidan tasdiqlangan uchinchi vaksinadir. Buyuk Britaniya aholisi allaqachon Pfizer va uning germaniyalik sherigi BioNTech, shuningdek, ingliz-shved kompaniyasi AstraZeneca va Oksford universitetidan vaksinalar qabul qilmoqda. Britaniya ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Moderna vaksinalarining birinchi partiyalari Buyuk Britaniyaga aprel oyigacha yetkazib berilmaydi.
LiveBarchasi