Toshkentda pensioner 2,7 mlrd so‘mga “uxlatildi”
Jamiyat
−
01 avgust 2019
7046Toshkent shahrida biznesda sheriklikni taklif qilgan shaxs pensionerning 2,7 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirdi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 29 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIO FMBdan tushgan xabarga ko‘ra, 2018 yil avgust oyida Shayxontohur tumanida yashovchi 37 yoshli G.K., M.Ulug‘bek tumanida yashovchi, “Maftun” MCHJ rahbari 67 yoshli B.N.ga poligrafik uskunalarini olib berishini va birgalikda biznesni davom ettirishini va’da qilgan. Bank orqali uning nomiga 2 700 000 000 so‘m (2,7 mlrd) pullarni kreditga olib, ushbu pullarni “Poligraf” MCHJ xisob raqamiga o‘tkazib, hech qanday uskunalarni olmasdan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi