Butunjahon Universiada o‘yinlarida o‘zbekistonliklar g‘oliblar safida emas

Sport

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Italiyaning Neapol shahrida talabalar o‘rtasida Butunjahon Universiada o‘yinlari o‘tkazilmoqda. 

Ushbu nufuzli sport anjumanida dunyoning 112 ta mamlakatidan qariyb 6 ming nafar sportchi talaba 18 ta sport turi bo‘yicha 222 dona medallar shodasi uchun bahslarga kirishdi. Ular safida o‘zbekistonlik yoshlar ham g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Shu paytgacha musobaqaning olti kun davomida o‘tkazilgan bellashuvlarida o‘zbekistonlik talaba-sportchilar bor-yo‘g‘i 4 ta bronza medalini qo‘lga kirita olishdi.

Bugungi bahslarda ham o‘zbekistonliklar sovrindorlar orasidan joy olishmadi. Ular WTF, yengil atletika, tennis, kamondan otish bo‘yicha o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Afsuski, taekvondochilar bugun ham muvaffaqiyat qozona olishmadi, Suhrob Bobobekov (erkaklar, -58 kg) hamda Nigora Tursunqulova (ayollar, -67 kg) o‘z vazn toifalarida sovrindorlar safidan chetda qoldi.

Hozircha o‘zbek talaba-sportchilariga shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish nasib etmayapti. Natija bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hozircha norasmiy umumjamoa hisobida Turkiya bilan birga 29-30-o‘rinni egallab turibdi.

Medallar jamg‘arish borasida hozircha yaponiyalik talabalar peshqadamlik qilmoqda. Ular shu kungacha 42 ta (19 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza) medalga sazovor bo‘lishgan. Bu borada 20 ta (14-5-1) medal bilan xitoyliklar ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Kuchli uchlikka AQSH terma jamoasi yakun yasab beradi. Ular hozirgacha 12 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neapol' shahri Butunjahon Universiada o'yinlari

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar