O‘zbekiston “svet”siz qoldi. Energetika vazirligi yirik nosozlik bo‘lganini aytdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 atrofida O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatildi. Respublikaning Nukus, Surxandaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo va boshqa viloyatlarda ham elektr energiyasi uzilgani haqida xabarlar kelmoqda.

Energetika vazirligi holat bo‘yicha izoh berdi. Unga ko‘ra, energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan nosozlikni tiklash ishlari olib borilmoqda.

“Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Keltirilgan noqulayliklar iste’molchilardan uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5619

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing