Butun dunyo bo‘ylab WhatsApp va Instagram ishlamay qoldi

Olam 6675
image

Butun dunyo bo‘ylab, xususan O‘zbekistonda WhatsApp messenjeri va Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari platformalarning ishlamayotgani haqida shikoyat qilmoqda. Buni “Downdetector” xizmati ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

WhatsApp ishidagi uzilishlar bo‘yicha shikoyatlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da tusha boshladi, eng yuqori nuqtada ular 2070 ta edi, nosozliklarning aksariyati (97 foiz) serverga ulanish bilan bog‘liq.

Instagram bilan bog‘liq muammolar haqida xabarlar WhatsApp bilan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘la boshladi, eng yuqori nuqtada 8408, 56 foiz yuklash bilan bog‘liq, 25 kirish kirish bilan, 17 foiz sayt ishlashi bilan bog‘liq.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 445
Reyting: 3
t
×