Bo‘stonliq tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Unga ko‘ra, ushbu lavozimni Sherzod Abdivaliyevich Shermuhamedov egallagan. 
                 
Sherzod Shermuhamedov 1977 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan. 

Shu paytga qadar Chirchiq shahar IIB boshlig‘i, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Jo‘rabek Ilhomovich Ahmedov ushbu tumanga hoim etib tayinlangani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq tumani IIB

Baholaganlar

213

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar