Bo‘stonliqqa “svet” keldi. Kanatdagilar qutqarildi

Jamiyat

image

Tog‘lardagi dam olish maskanlarining dor yo‘llarida (kanat yo‘li) bo‘lgan fuqarolar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Elektr energiyasi tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sabab Bo‘stonliq tumani Chimyon va Beldirsoy tog‘ dor yo‘llari to‘xtab qolgan. FVV qutqaruvchilari tomonidan Chimyon tog‘ dor yo‘lidan 20 nafar va Beldirsoy tog‘ dor yo‘lidan 60 nafar jami 80 nafar fuqarolar xavfsiz joyga olib tushilgan. Ayni vaqtda FVV qutqaruvchilari joylarda zaruriy tadbirlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Bo‘stonliq tumani Chimyon, Beldirsoy va Amirsoy tog‘ dor yo‘llarida elektr energiyasi ta’minoti tiklangan. Hozirda dam olish komplekslari odatiy ish rejimida ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

681

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing